Milliy kompyuter klaviaturasi tuzish va o‘zbek tiliga xos tovushlar uchun yagona belgilarni standrtlashtirish

O‘zbek tili lotin alifbosi boshqa ko‘plab lotin alifbolaridan farqli noyob xususiyatga ega. Bu alifbodagi 5 harfning (O‘, G‘, Sh, Ch, Ng) ikta harf yoki belgilardan tashkil topganligidadir. Afsuski, bu xususiyat ko‘plab imlo qoidalari buzilishiga olib keladi.

Turk tillari alifbolarini ko‘zdan kechirib bu tovushlar Ö, Ğ, Ş, Ç harflari bilan belgilanganligiga amin bo‘lish mumkin. Bir tomondan bu harflar imloda uchraydigan xatolarni va yozuvlarni kamaytirib tushunarliroq va aniqroq qilsa, ikkinchi tomondan klaviaturalarni standartlashtirish (shu harflar tushirilgan klaviaturalar ishlab chiqarish va odamlarga o‘rgatish) muammosini keltirib chiqaradi.

Hozirda ko‘plab kompyuter klaviaturalardan foydalanib biz asosiy o‘zbek harflarni qiynalmasdan terishimiz mumkin, lekin O‘, G‘ va ’ (tutuq belgisi) bundan istisno. Deyarli hamma yerda bu harflar xato terilganiga hech kim e’tibor ham bermaydi. Bu xatolarning ko‘pligida imlo xatolarni tekshiruvchi aniq qulay vosita (dastur) yo‘qligini ham ayblashimiz mumkin.

Bunday muammolarni yechimi standart o‘zbek klaviatura tuzilishini yaratishdir. Quyida buning bir ko‘rinishi keltirilgan. Lekin shuni takidlash lozimki O‘ va G‘ harflari uchun alohida yangi belgi yaratishgina bu harflar bilan bog‘liq muammolarni to‘liq bartaraf etadi. Hatto … (uch nuqta) belgisi ham bir unikod belgisi bilan yozilgan bir paytda, bu ikki o‘zbek harflarning standart unikod belgisiga ega emasligi juda g‘alati.

keyios

O‘zbek tilimiz – “tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko‘zgudir”*. Klaviatura tuzilishini standartlashtirish bu “ko‘zgu”ni rivojlantirish va uni nufuzini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun standatlashtirishni amalga oshirish va bu standartni eng muhim dasturiy ta’minotlarda (Windows, macOS, android, iOS) boshlang‘ich qo‘llanilishini ta’minlash muhimdir.

Quyidagi kompyuter klaviaturasida hammaga tanish qwerty klaviaturasidan o‘zbek tilida ishlatilmaydigan W va C harflari o‘rniga Sh va Ch harflari o‘rnatilgan. G‘ va O‘ harflari ham kamdan-kam ishlatiladigan \ va ` belgilar o‘rnigan qo‘yilgan.                                             Tutuq belgisi ’ esa ‘ (apostrof) bilan alishtirilgan.

keybmac

Bu standart kelajakda imlo xatolarini kamaytirishi, yozuvda o‘zbek tilidan kengroq foydalanilishiga yo‘l ochishiga ishonaman. Shuningdek, imlo qoidalarini tekshiruvchi va mobil qurilmalarda keying so‘zni bashorat qiluvchi dasturlar yaratilishini osonlashtiri va jadallashtirishi uchun ham bu standart muhimdir.

Siz ham o‘z fikrlaringiz bilan ulashing.

  1. * – manba
  2. Qo‘shimcha lotin harflari
Advertisements

Published by

Dilshod

Tek-gik, perfeksionist, iqtisodiyot va moliya fakulteti talabasi

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s